Yevroittifoqning tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Federika Mogerini 24-oktabr, dushanba kuni Maltada halokatga uchragan yengil motorli samolyot ichida Yevroittifoq muassasalari xodimlari bo‘lganini rad etdi, deb xabar bermoqda “TASS”.
“Maltada halokatga uchragan samolyot ichida Yevroittifoq xodimlaridan hech kim bo‘lmagan. Mazkur reys Yevroittifoqqa tegishli emas edi”, – deya yozdi Mogerini Twitter’dagi sahifasiga.
Avvalroq havo kemasi bortida kamida 5 kishi halok bo‘lgani, ular Yevroittifoq chegara xizmati – Frontex’ning mansabdorlari ekani haqida xabar berilgandi.
Keyinroq tashkilot vakillari samolyot ular tomonidan ishlatilmagani va hech qaysi xodimi jabrlanmagani haqida ma’lum qildi.
Reuters’ning ma’lum qilishicha, halok bo‘lganlarning barchasi Fransiya fuqarosi edi. Agentlikning manbasi falokat qurbonlarining faoliyati haqida ma’lumot bermagan.
Ayni damda voqea joyida qutqaruv xizmati xodimlari ish olib bormoqda.
Izoh (0)