Eron neft qazib olish hajmini muzlatib qo‘yish rejasiga tayyorligini bildirdi. Bu haqda mamlakat neft vaziri Amir Husayn Zamaniniya IRNA agentligiga bergan intervyusida aytdi, deb xabar bermoqda “TASS”.
“Eron jahon bozoridagi narxlarni barqarorlashtirish maqsadida neft qazib olish hajmlarini muzlatib qo‘yishga tayyor”, — dedi u.
“Barreliga 55–60 dollarni adolatli narx deb hisoblaymiz”, — qo‘shimcha qildi neft vaziri.
Izoh (0)