Futbol bo‘yicha Italiya A seriyasining 9-turiga kelib mamlakatning amaldagi chempioni “Yuventus” mavsumdagi ikkinchi mag‘lubiyatini qabul qilib oldi.
“Juzeppe Meatsa” stadionida “Milan”ga qarshi saf tortgan turinliklar 0:1 hisobida yengildi. O‘yindagi yagona gol 65-daqiqada Manuel Lokatelli tomonidan kiritildi.Ortda qolgan 9 ta turning 7 tasida zafar quchgan “Yuventus” “Juzeppe Meatsa”ga so‘nggi tashrifida ham mag‘lubiyat alamini totib ko‘rgan bo‘lib, o‘sha uchrashuvda “Inter”ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy bergandi.
“Yuventus” ustidan qozonilgan g‘alabadan keyin Vinchenso Montella boshqaruvidagi “Milan” 19 ochko bilan 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi. 21 ochkosi bor “Yuventus” peshqadam bo‘lib turibdi.
A seriya 9-turidan joy olgan yana sakkiz uchrashuv 23-oktabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Italiya A seriyasi 9-tur bellashuvlari 22-oktabr, shanba
“Sampdoriya” — “Jenoa” 2:1
Gollar: Luis Muriel, 12 (1:0). Luka Rigoni, 24 (1:1). Armando Itsso, 47-avt (2:1).Noaniq penalti: Fabio Kvalyarella, 45+1 (S).“Milan” — “Yuventus” 1:0
Gol: Manuel Lokatelli, 65 (1:0).23-oktabr, yakshanba“Udineze” — “Peskara”“Atalanta” — “Inter”“Kalyari” — “Fiorentina”“Krotone” — “Napoli”“Torino” — “Latsio”“Empoli” — “Kyevo”“Bolonya” — “Sassuolo”“Roma” — “Palermo”
Izoh (0)