Angliya Premyer-Ligasi translyatsiyasi huquqini sotib olgan O‘zbekistondagi yagona telekanal UzReport chempionat 9-turidan joy olgan uch bellashuvni 22-oktabr kuni jonli namoyish etadi. Bu haqda telekanalning “Sport” tahririyati bosh muharriri Yoqubjon Bobojonov o‘zining Twitter’dagi sahifasida ma’lumot berdi.
Toshkent vaqti bilan 16:30 da “Bornmut” — “Tottenhem” uchrashuvi efirga uzatiladi. Uni Yoqubjon Bobojonovning o‘zi sharhlab boradi.
“Arsenal” — “Midlsbro” o‘yini Alisher Uzoqovning, “Liverpul” — “Vest Bromvich” bellashuvi esa Davron Fayziyevning chekiga tushgan. Mazkur uchrashuvlar mos ravishda 19:00 va 21:30 da start oladi.
Izoh (0)