Germaniyalik 31 yoshli himoyachi, Frankfurtning “Ayntraxt” futbol klubi a’zosi Marko Russ saraton xastaligidan davolanib, futbol o‘ynashga tayyor. Bu haqda ESPN’ga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
2016-yilning may oyida Russning qon tarkibida doping topildi. Tekshiruv natijasiga ko‘ra, unda chov saratoni xastaligi aniqlandi. Buning oqibatida sportchining qon tarkibida ba’zi gormonlar me’yoridan oshib ketgan edi.
Uch yarim oy intensiv davolanishdan so‘ng Marko birinchi marta avgust oyida, Ispaniyaning “Selta” klubiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida omma oldida chiqish qildi. Uchrashuvdan so‘ng futbolchi jamoaning Abu-Dabida bo‘lib o‘tadigan qishki yig‘inida qatnashishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi.
“Marko sog‘ayib ketdi. Shifokorlar uning asta-sekin mashg‘ulotlarga qaytishiga ruxsat berdi”, – dedi “Ayntraxt” bosh murabbiyi Niko Kovach.
Yozda klub rahbariyati Russning davolanayotganiga qaramay, u bilan shartnomani uzaytirdi va shu yo‘l orqali uni qo‘llab-quvvatladi.
Marko Russ 2004-yildan buyon “Ayntraxt” sharafini himoya qilib kelmoqda. Klub safida 287 uchrashuvda maydonga tushgan himoyachi 23 ta gol kiritgan.
Izoh (0)