Komik aktrisa Halima Ibragimova Instagram’dagi sahifasi orqali uning kayfiyatini buzayotgan “aqlli g‘iybatchilar”ga murojaat qildi.
“Birovni gapirishdan avval, bir oynaga qarab olinglar, aqlli g‘iybatchilar! Mening aybimni gapirish — senlargamas! Mening tahoratimga namoz o‘qimanglar!”, — dedi Halimaxon.
“Mening kayfiyatimni buzishga haqqinglar yo‘q! Yoqmasam, chiqib ketinglar, sizlarga ko‘zim uchib turgani yo‘q. Men sizlarga yoqish uchun dunyoga kelmaganman”, — deya so‘zini yakunladi aktrisa.
“Aqlli g‘iybatchilar” aynan kimligi, ularning qaysi gap-so‘zi Halima Ibragimovaga yoqmagani — noma’lum.
Ma’lumot uchun, shu kunlarda Halima Ibragimova xonanda Shohjahon Jo‘rayevning konsertida “Do‘ndiqqina” nomli qo‘shiqqa sahnada raqsga tushgan edi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)