Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) Rossiyada bo‘lib o‘tadigan Konfereratsiyalar Kubogi–2017 hamda JCh–2018 turnirlarini yoritish huquqini xarid qilish uchun savdoda ishtirok etadigan media kompaniyalarga taklifnoma tayyorladi, deb xabar bermoqda “TASS”.
“Ushbu huquqlar televideniye, internet, mobil qurilmalar va radio eshittirish kabi media imkoniyatlarni qamrab oladi. Mazkur tender jarayoni FIFAga muxlislar uchun yuqori sifatli va qiziqarli bo‘lgan, imkon qadar ko‘p ishqibozlarni qamrab oluvchi, tezkor tarzda barcha talablarni bajara oladigan eng yaxshi imkoniyatga ega media kompaniyalarni saralashga yordam beradi”, – deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, Konfederatsiyalar Kubogi 2017-yilning 17-iyunidan 2-iyuliga qadar, Moskva, Sankt-Peterburg, Sochi va Qozon shaharlarida o‘tkaziladi.
Jahon chempionati 2018-yilning 14-iyunidan 15-iyuliga qadar, Rossiyaning 11 shahri – Moskva, Sankt-Peterburg, Nijniy Novgorod, Volgograd, Rostov-Don, Samara, Yekaterinburg, Qozon, Kaliningrad, Saransk va Sochida joylashgan 12 stadionda bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)