Yangi qurilgan “Krasnodar” stadioni Rossiya milliy terma jamoasi kabi “Krasnodar” klubi uchun ham omadsiz keldi.
Rossiya termasi o‘zbekistonlik Ravshan Ermatov boshqargan undagi ilk o‘yinida Kosta-Rikaga imkoniyatni boy bergandi. O‘zbekistonlik futbolchi harakat qiladigan “Krasnodar” esa Yevropa Ligasining 3-turida “Shalke”dan yengildi.
Ahmedov o‘yinni boshlang‘ich tarkibda o‘tkazib, 75-daqiqada o‘z o‘rnini Pavel Mamayevga bo‘shatib berdi. Uchrashuv taqdirini hal qilgan yagona gol esa 10-daqiqada ukrainalik futbolchi Yevgeniy Konoplyanka tomonidan urildi.
3-turdan keyin “Shalke” 9 ochko bilan guruhni boshqarib turibdi. “Krasnodar” hisobida 6 ochko bor. Mario Balotelli harakat qiladigan Fransiyaning “Nitssa” klubi esa “Zalsburg”ni safarda 1:0 hisobida mag‘lub etib, 3-o‘ringa ko‘tarildi.
Izoh (0)