AQSh moliya vazirligi Livan shialarining “Hizbulloh” radikal guruhi yetakchilaridan biri Xaytam Ali Tabatabaiyni taqiq ro‘yxatiga kiritdi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Tabatabaiy guruhning maxsus mo‘ljal otryadlariga komandirlik qiladi.
Turli versiyalarga ko‘ra, jangari Suriyadagi to‘qnashuvlarda qatnashgan, ayni paytda esa Yamandadir.
AQSh moliya vazirligining sanksion ro‘yxatiga “Hizbulloh”ni moliyalashtirishda ayblanayotgan to‘rt kishi va bir kompaniya kiritildi.
Izoh (0)