Shotlandiyada mamlakatning Buyuk Britaniyadan ajralib chiqishi bo‘yicha ikkinchi referendum to‘g‘risidagi qonun loyihasi chop etildi. Hujjat Shotlandiya hukumati saytiga joylashtirildi, deb xabar beradi “Interfaks”.
Loyihada kampaniya olib borish, saylovni tashkil etish va ovozlarni sanash tartibi belgilab berilgan.
Shotlandiya bosh vaziri Nikola Sterdjen Buyuk Britaniyaning Yevroittifoq tarkibidan chiqish qarori Shotlandiyani 2014-yilgi referendum natijalarini qayta ko‘rib chiqishga majbur qilayotganini ta’kidladi. Shu bilan birga, uning aytishicha, referendumni tashkil etish masalasi ochiqligicha qolmoqda, hujjat esa maslahat ko‘rinishiga ega.
Izoh (0)