Turkiyaning DRT telekanalida tongi ko‘rsatuvini suratga olish vaqtida daydi mushukcha boshlovchining stoliga chiqib olib, uning ustida biroz yurdi va boshlovchining noutbuki ustiga o‘tirib oldi, deb xabar bermoqda Hurriyet Daily News.
Xabarda qayd etilishicha, suxandon kutilmagan mehmon tufayli jonli efirni to‘xtatmadi. U teletomoshabinlarni qishda daydi mushuklarga yemak berishni unutmaslikka chaqirdi.
Ma’lum qilinishicha, mushukcha studiyaga berkitilmagan eshik orqali kirib olgan.
Izoh (0)