Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Braziliya parlamentining sobiq spikeri Eduardu Kunya mamlakat poytaxti Braziliada korrupsiya bo‘yicha ish doirasida hibsga olindi. Yaqin orada u Kuritiba shahri (Parana shtati) qamoqxonasiga o‘tkaziladi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Foto: EPA

Foto: EPA

Kunyani hibsga olish haqidagi order 19-oktabr, chorshanba kuni federal sudya Serjiu Moro tomonidan berildi. “Federal prokuratura so‘rovidan kelib chiqib, milliy parlament sobiq deputati Eduardu Kozentino da Kunyani dastlabki hibsga olish haqida qaror qabul qildim” deyiladi Moro imzosi qo‘yilgan va nusxasi mahalliy OAVda tarqatilgan hujjatda.

14-oktabrda sobiq spikerga nisbatan korrupsiya va mablag‘dan noqonuniy foydalanishda ayblov e’lon qilindi. Tergov taxminiga ko‘ra, Kunya Beninda shartnomalar tuzishda bergan yordami uchun Petrobras davlat neftgaz kompaniyasidan 2,4 million real ( 750 ming dollar) pora olgan va ularni sarflash uchun Shveysariyadagi bank hisob raqamlaridan foydalangan.

Kunyani hibsga olish haqidagi order sobiq spiker ozodlikda uni fosh etuvchi dalillarni yo‘q qilishi mumkinligi haqidagi xavotirlardan so‘ng qabul qilindi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Xitoy Farg‘onada biochiqindilardan energiya olish bo‘yicha loyihani amalga oshirishi mumkin
Mahalliy
Qashqadaryoda tuman hokimi ro‘zadorlarni suv ichishga majburlagani aytilmoqda 
Mahalliy
“O‘zgidromet” kelayotgan hafta boshida qanday ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi