AQSh va Janubiy Koreya KXDRning muvaffaqiyatsiz raketa uchirganligi haqida ma’lum qildi. Bu haqda “Vedomosti” xabar bermoqda.
Yonhap agentligining xabar berishicha, Shimoliy Koreya 20-oktabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 07:00 da Kusong shahridan“Musudan” ballistik raketasini uchirdi.
Seulning ma’lum qilishicha, raketa AQSh va Janubiy Koreya KXDRning yadroviy dasturiga qarshi kurashishga kelishib olgan kuni uchirildi.
Xabarda qayd etilishicha, “Musudan” raketasining uchirilishi Pxenyanning bir hafta avval muvaffaqiyatsiz uchirilgan raketa oldida obro‘sini saqlab qolishi kerak edi.
AQSh Strategik qo‘mondonligi ma’lumotiga ko‘ra, “Musudan”ning navbatdagi uchirilishi muvaffaqiyatsiz yakunlangan. Xuddi shu ma’lumotni Seul ham tasdiqladi.
Izoh (0)