The Rolling Stones guruhi Las-Vegas (Nevada shtati)dagi konsertini guruh solisti Mik Jaggerning kasalligi tufayli bekor qildi, deb xabar bermoqda “TASS”.
“The Rolling Stones’ning 19-oktabr kuniga belgilangan konserti bekor qilinganini afsus bilan ma’lum qilamiz. Guruh solisti Mik Jagger laringit kasaliga chalindi. Shifokorlar unga ovozini asrashni tavsiya qildi”, – deyiladi guruhning rasmiy saytidagi xabarida.
Mik Jagger Twitter’dagi sahifasida kasalligi tufayli Las-Vegasda o‘tkazilishi kerak bo‘lgan konsertning bekor qilinishidan afsusda ekanini ma’lum qilib, chipta sotib olgan barchadan uzr so‘radi.
The Rolling Stones guruhining Las-Vegasdagi konserti bo‘lib o‘tish-o‘tmasligi va chipta egalarining puli qaytarilish-qaytarilmasligiga aniqlik kiritilmagan.
Yarim asrlik faoliyati davomida The Rolling Stones butun dunyo bo‘ylab 250 million nusxada tarqalgan 50 ga yaqin musiqiy albomlar chiqardi.
Izoh (0)