Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA)ning korrupsiya ishida gumon qilinganlar orasida bo‘lgan Shimoliy Amerika futbol ligasi direktorlar kengashining sobiq raisi Aaron Devidson o‘z aybini tan oldi. Bu haqda Reuters agentligiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Avvalroq Devidson jinoyatga aloqadorligini yashirishga uringan edi. AQSh rasmiylari sobiq amaldorni tashkilot uchun manfaatli bo‘lgan futbol o‘yinlar huquqini sotib olish uchun pora berganlikda gumon qilgandi.
FIFA Aaron Devidsonga futbol faoliyatiga oid ishlar bilan shug‘ullanishni taqiqlab qo‘ydi. Bundan avval u o‘z aybini tan olmagan va 2015-yilning 29-mayidan buyon uy qamog‘ida bo‘lgan edi.
FIFA tarixidagi eng yirik mojaro 2015-yilning may oyida sodir bo‘lgandi. AQSh sudining talabiga binoan Shveysariya politsiyasi FIFA prezidentini saylashdan ikki kun oldin Syurixdagi mehmonxonada korrupsiyada gumonlangan 9 nafar yuqori martabali amaldorni qo‘lga oldi.
Ayni damda jinoiy ishga 42 nafar futbol mansabdorlari aloqador. Ularning bir necha nafari o‘z aybini tan oldi. FIFA korrupsiyasi bo‘yicha sud ishi 2017-yilning so‘ngida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.
Izoh (0)