Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

rctestflight taxallusi bilan tanilgan videobloger Freefly Alta oktokopteri (sakkiz parrakli dron)ga quvvati 1000 vattga teng LED-chiroqlarni o‘rnatib chiqdi, deya xabar bermoqda TJournal.

rctestflight tayyorlagan konstruksiya o‘zidan 90 ming lyumenga teng yorug‘lik tarqatgani sabab, videobloger tungi vaqtda havodan ajoyib kadrlarni tasvirga olishga muvaffaq bo‘ldi.

Qayd etishlaricha, avvallari bunday turdagi tasvirga olish ishlarini og‘ir texnika bilan ta’minlangan vertolyot yordamidagina amalga oshirish mumkin edi.

Konstruksiyaning barcha qismlari batareyadan quvvat oladi va o‘n daqiqacha ishlay oladi, xolos.

2015-yili rctestflight “jahondagi eng yorug‘ qo‘lbola portativ fonar”ni yaratganini e’lon qilib, mashhur bo‘lib ketgan edi. U o‘sha fonarning nisbatan takomillashtirilgan ko‘rinishini dronga mahkamlagan.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Tramp tarafdorlariga murojaat qilib, meni qo‘llab-quvvatlang, namoyishlar uyushtiring demoqda” — Navbahor Imomova
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston mahalla tizimi xodimlari va faollariga tabrik yo‘lladi
Maslahatlar
Tezroq tashlab yuboring: yuz kremi ​​sizga mos kelmaganini anglatuvchi 5 ta belgi