Apple kompaniyasi elektromobil yaratish rejalaridan voz kechdi. Bu haqda, Bloomberg agentligiga asoslanib, “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Aytilishicha, kompaniya elektromobil ishlanmalari bilan shug‘ullanib kelgan Apple Car jamoasini tarqatib yuborgan. Buning o‘rniga avtoboshqaruv tizimlarini ishlab chiqish hamda ularni boshqa ishlab chiqaruvchilarning avtomobillarida joriy qilish rejalashtirilmoqda.
Agentlikning manbalariga ko‘ra, 2015-yili Apple Car’da kelishmovchilik yuzaga kelgan. Menejerlar avtomobil ishlab chiqarilishining natija va oqibatlari qanday bo‘lishi haqida bir to‘xtamga kela olmagan.
Ta’kidlanishicha, loyiha omadsizlikka uchrashida asosiy aybdor uning rahbari Bob Mensfilddir. Aynan u kompaniya mutasaddilarini elektromobil yaratish fikridan qaytarib, kamtarroq vazifalarni ilgari surgan.
Izoh (0)