JCh—2018 3-saralash bosqichi doirasida ikki nafar mutaxassisning iste’fosiga sabab bo‘lgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi, 15-noyabr kuni mana shunday ishning uchinchisi bilan to‘qnash kelishi mumkin. Buning uchun Janubiy Koreya terma jamoasi Seulda mag‘lub etilishi kerak.
“Championat.asia” nashrining KorFootballNews’ga asoslanib xabar berishicha, 15-noyabr kuni O‘zbekiston Seulda Janubiy Koreyani mag‘lub etsa, koreyaliklar ustozi Uli Shtilikega chiqish eshiklari ko‘rsatib qo‘yiladi.
Janubiy Koreya terma jamoasi Rossiya mundiali uchun saralashda Erondan yengilgan bo‘lsa, Suriyaga qarshi o‘yinda 2 ochko yo‘qotgandi. Bu esa terma jamoani 7 ochko bilan guruhda 3-o‘rinda borishi ta’minlab turibdi.
Avvalroq O‘zbekistonga qarshi o‘yindagi mag‘lubiyatdan keyin Qatar va Xitoy termalari o‘z murabbiyini iste’foga chiqargandi.
Izoh (0)