BASF kimyo konsernining Lampertxaym shahridagi (Gessen federal yeri, Germaniya) zavodida portlash ro‘y berdi. Bu haqda Frankfurter Allgemeine Zeitung xabar bermoqda.
Yaradorlar shifoxonaga yetkazildi. Qurbonlar soni hozircha ma’lum emas. Portlash joyi yaqinida bo‘lgan bir necha kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda.
Portlashga olib kelgan nuqsonli uskuna demontaj qilindi.
Voqeaning sabablari aniqlashtirilmoqda.
Izoh (0)