Dalyan shahrida (Lyaonin provinsiyasi) yashovchi striming ishqibozi bo‘lgan qiz ko‘proq odamlar e’tiborini qaratish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda avtomobilini yoqib yubordi. Ushbu rolik CCTV News kanali tomonidan namoyish etildi, deb yozadi TJournal.
Xitoylik qiz olovni mustaqil ravishda o‘chirishga umid qilgan, biroq bu uning qo‘lidan kelmadi. Uning o‘t o‘chirish xizmatiga qo‘ng‘iroq qilishiga to‘g‘ri keldi. Ular olovni o‘chirishga muvaffaq bo‘ldi.
Qiz politsiya tomonidan o‘t qo‘yish bo‘yicha qo‘lga olinganligi ma’lum qilinmoqda.
Nashrning ta’kidlashicha, Xitoyda to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatish juda ommabop bo‘lib, ekspertlar striming bozorini 11 milliard AQSh dollariga baholamoqda.
https://www.youtube.com/watch?v=af-QCeDayM4
Izoh (0)