Angliyaning “Manchester Yunayted” futbol klubi iqtidorli yosh futbolchilarni topish uchun 50 nafar yangi skautni ishga yolladi. Bu haqda Daily Mail nashriga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Ko‘p miqdorda skautlarni ishga yollashdan asosiy maqsad dunyo bo‘ylab iqtidorli yosh futbolchilar uchun bo‘lgan kurashda ustunlik qilishdan iborat.
Qayd etish joiz, avvallari “MYu”ning asosiy va yoshlar jamoasida skautlar soni ko‘p bo‘lmagan.
Ma’lumot uchun, “Manchester Yunayted” Angliya chempionatining 7-turidan so‘ng 13 ochko bilan 6-o‘rinda bormoqda. Navbatdagi turda Joze Mourinyo shogirdlari safarda “Liverpul” mehmoni bo‘ladi.
Izoh (0)