Mukofot jamg‘armasi 125 ming AQSh dollarini tashkil qiladigan Tashkent Challenger—2016 o‘zining hal qiluvchi pallasiga kirdi. Uning amaldagi g‘olibi — o‘zbekistonlik Denis Istomin juftlik bellashuvlarida finalga yo‘llanma oldi, deb yozdi “Olamsport”.
Rossiyalik Mixail Yelgin bilan juftlik hosil qilgan Istomin, yarim finalda Belarus va Shvetsiyadan tashrif buyurgan tennischilarni ortda qoldirdi.
Juftlik bellashuvlarining ikkinchi yarim finalida Jo‘rabek Karimov hamda Sanjar Fayziyev Andre Begamann va Leander Paesdan yengildi.
Avvalroq Denis Istomin yakkalik bellashuvlarida yarim final chiptasini qo‘lga kiritgani xabar qilingandi.
Izoh (0)