Boksning WBO va WBA yo‘nalishlari bo‘yicha jahon chempioni Tayson Fyuri Vladimir Klichko bilan jangning ketma-ket ikkinchi bor qoldirilishiga undagi qo‘rquv sabab emasligi haqida aytib o‘tdi. Bokschining fikrlarini “Sports.ru” nashri keltirib o‘tdi.
“Qanday qilib undan qo‘rqishim mumkin? Men 28 yoshdaman va hammadan buyukroq ekanimni bilaman. Men birinchi jangda Klichkoni mag‘lub etdim. U birorta raundni ham o‘z foydasiga hal qila olmadi. U hamma raundni boy berish bilan birga, bitta ham aniq zarba urmadi. Nega endi men 40 yoshli erkakdan qo‘rqishim kerak”, — degan britaniyalik bokschi.
Tayson Fyuri ruhiy tushkunlik sabab sabab Klichkoga qarshi jangni ikkinchi bor bekor qilgandi. Keyinroq uning qonidan kokain moddasi topildi. Orada Tayson Fyuri karyerasini yakunlagani haqida ma’lum qilib, bir necha soatdan keyin buning hazil ekanini aytishga ham ulgurdi.
Izoh (0)