Xitoy va Braziliya energetika, qishloq xo‘jaligi, mineral resurslar va elektron xizmatlar sohasidagi qo‘shma loyihalarni moliyalashtirish uchun jamg‘arma tuzish haqida memorandum imzoladi. “TASS”ning “Sinxua”ga tayanib ma’lum qilishicha, jamg‘arma hajmi 20 milliard dollarni tashkil etadi.
Xitoy jamg‘armaga 15 milliard dollar ajratadi, qolgan pulni Braziliya hukumati beradi.
Ta’kidlanishicha, Braziliya prezidenti Mishel Temer sentabrda Xitoyga uyushtirgan rasmiy tashrif chog‘ida memorandum yuzasidan samarali muzokaralar o‘tkazilgan edi.
Izoh (0)