Jahonda har yetti sekundda 15 ga to‘lmagan qiz turmushga chiqadi. Odatda ular o‘zlaridan ancha katta erkaklarga zo‘rlab turmushga beriladi. Bu haqda, Save the Children bolalar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha xalqaro tashkilot hisobotiga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Hisobotda ta’kidlanishicha, erta nikoh qizlarni ta’lim olish imkoniyatidangina ajratib qo‘ymay, xastaliklar, yaralanishlar hamda tug‘ish chog‘ida o‘lish tahdidlarini oshirib yuboradi.
“Bolalar nikohi eng asosiy huquqlardan judo qiladi, bular — o‘qish, rivojlanish va bola bo‘lish”, — ta’kidladi tashkilot bosh direktori Xelle Torning-Shmidt.
Izoh (0)