Checheniston rahbari Ramzan Qodirov yana bir bora ota bo‘ldi. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlar orqali Checheniston parlamenti raisi Magomed Daudov xabar qildi, deb yozadi “MK.ru”.
Endi Qodirovning o‘n ikki farzandi bor, shulardan ikki nafari asrab olingandir.
“Allohning marhamati bilan u (Ramzan Qodirov) o‘g‘il ko‘rdi — buyuk Qodirovlar oilasining davomchisi, mening sevimli jiyanim!”, — deb yozdi Daudov Instagram’dagi sahifasida.
Daudov Qodirovlar oilasini chin yurakdan tabrikladi.
Qodirovning farzandlaridan to‘rt nafari (asrandi farzandlarni inobatga olmaganda) o‘g‘il bolalar, qolgani qizlardir.