Malayziya politsiyasi va qutqaruvchilari kamida 13 nafar odami bo‘lgan baliqchilik kemasini qidirishni boshladi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, kema mamlakat sharqidagi Sabah shtati atrofida joylashgan orollarda yo‘qolgan. Bu haqda “TASS” xabar berdi.
Kema egasi politsiyaga 9-oktabr, yakshanba kuni kechki payt murojaat etdi. U ekipaj bilan aloqa bundan ikki kun avval yo‘qolganini ma’lum qilgan. Huquq-tartibot idoralari mazkur holat bo‘yicha hozircha hech qanday taxminlarni ilgari surmadi.
Ma’lumot uchun, Sabah shtati Sulu dengizi orqali Filippinning “Abu Sayyaf” terrorchilik guruhi faol harakat qiladigan janubiy shtatlari bilan chegaradosh hisoblanadi. Jangarilar kemalarga hujum uyushtirish va garov puli olish uchun dengizchilarni o‘g‘irlash bilan ham shug‘ullanadi.
Izoh (0)