Afg‘oniston sharqidagi Nangarxar viloyatida uchuvchisiz uchish qurilmalari yordamida berilgan aviazarbalar natijasida IShID tarafdori bo‘lgan kamida 20 nafar jangari yo‘q qilindi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Mahalliy kuch tizimi xodimlariga ko‘ra, qurilmalar orqali amalga oshirilgan havo hujumiga Nazian va Ashin tumanlari nishon bo‘ldi. Aviazarbalar chog‘ida tinch aholi jabrlanmagani bildirilmoqda.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.