Rossiya neft qazib olish hajmini muzlatib qo‘yish haqidagi qarorga qo‘shilishga tayyor, negaki bu neft bozori barqarorligini saqlab qolish uchun muhimdir. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Istanbulda o‘tayotgan Butunjahon energetika kongressida bayonot berdi, deb xabar qiladi “RBK”.
“Mavjud vaziyatda neft qazib olish hajmini muzlatib qo‘yish va hatto qisqartirish butun dunyo energetikasida barqarorlikni saqlash uchun yagona to‘g‘ri qaror deb o‘ylaymiz”, — dedi Putin.Uning so‘zlariga qaraganda, bu chora bozor muvozanati tiklanishini ancha tezlashtiradi.