Olmaotaga Mercedes turkumidagi 200 ta yangi avtobus keltiriladi. Ulardan ilk 20 tasi joriy yil dekabrida harakatlana boshlaydi. Bu haqda shahar hokimiyatiga tayanib, “Zagranitsa” xabar berdi.
Buning uchun hokimiyat, mahalliy FalconEuroBus kompaniyasi va Daimler AG konserni o‘rtasida uch tomonlama shartnoma imzolandi. Yangi avtobuslar “Yevro-5” yevrostandartlariga javob beradi.
Yangi avtopark janubiy poytaxtning Avezov tumanida paydo bo‘ladi. Uning maydoni 7 gektarni tashkil etadi, yopiq turargohi esa 255 avtobusni sig‘dirishi mumkin.