Chexiyalik dizayner Petr Xladek korpusi 3D-printer texnologiyasi yordamida yaratilgan 4ekolka avtomobilini ishlab chiqdi, deb yozadi “Hi-tech.mail.ru”.
Loyihalovchi 3D-printer yordamida elektromobil ishlab chiqarish jarayonini arzonlashtirishni rejalashtirdi. “Arzon” avtomobillar narxi 30 ming dollar atrofida bo‘lsa, Xladek shunga o‘xshash mashinani 12 ming dollarga qurishga erishdi.
U ikki o‘rindiqli 4ekolka elektromobilini faqat shahar ichida minish uchun mo‘ljalladi. Transportning maksimal tezligi bor-yo‘g‘i 55 km/soatga teng, akkumulyator sig‘imi esa 200 km yo‘lga yetadi. 3D-printer yordamida yasalgan korpus sharofati bilan avtomobil o‘z analoglaridan ancha yengil.
Izoh (0)