Avstraliyaning Kvinslend shtatida istiqomat qiluvchi erkak mobil operatorini o‘zgartirishga qaror qilganida undan 170 ming Avstraliya dollari (129 ming AQSh dollari) talab qilindi. Bu haqda 10-oktabr kuni The Sydney Morning Herald xabar berdi.
Morrey Klod dastavval Telstra telekommunikatsion kompaniyasi bilan internet va uyali aloqa xizmatini taqdim etish bo‘yicha shartnoma imzolagan edi. Ammo keyinchalik erkak kompaniya taqdim etayotgan internet tezligi pastligini bildi va provayderini o‘zgartirishga qaror qildi.
Klod o‘z telefon raqamini saqlab qolgan holda boshqa kompaniya bilan shartnoma imzolashni istaganida Telstra unga qarz tufayli rad javobini berdi.
Klod har doim vaqtida to‘lovlarni amalga oshirib kelganini ta’kidlamoqda. Firma vakilining so‘zlariga qaraganda, kompaniya surishtiruv o‘tkazmoqda, lekin, shunga qaramay, bunday qarzdorlikning sababini aniqlashga muvaffaq bo‘linmadi.