Gaitida “Mettyu” dovuli oqibatida halok bo‘lganlar soni 1000 kishiga yetdi. Bu haqda Reuters agentligi ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Mahalliy mansabdorlarning ta’kidlashicha, Shimoliy va Janubiy Amerikaning eng nochor mamlakatida hozirgi paytga kelib tabiiy ofat tufayli 1000 kishi halok bo‘lgan.
Avvalroq Gaitida “Mettyu” dovulining yuzlab qurbonlari xotirasiga uch kunlik milliy motam e’lon qilinganligi haqida xabar berilgan edi.
Uch kunlik motam davomida milliy bayroq tushiriladi, tungi klublar va shunga o‘xshash muassasalar yopiladi, radio va televideniye dasturlariga o‘zgartirishlar kiritiladi.