Shvetsiya harbiy-havo kuchlarining razvedkachi samolyoti 7-oktabr kuni Boltiq dengizi tomonidan Rossiyaning Kaliningrad viloyatiga yaqinlashdi. Bu haqda, samolyotlar harakatini kuzatuvchi saytlar ma’lumotlariga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, Gulfstream 4 samolyoti 12,5 ming metr balandlikda viloyat sarhadlariga yaqinlashgan. U qirg‘oq bo‘ylab ikki marta uchib, so‘ng qaytdi. Samolyot Rossiya davlat chegarasini buzmadi, lekin Boltiq dengizidagi Rossiya iqtisodiy zonasi ustida bo‘ldi.
Oxirgi oylarda AQSh hamda Yevropa davlatlari samolyotlari Rossiya chegaralariga yaqin hududlarda tez-tez razvedka parvozlarini oshirib turibdi.
Izoh (0)