— Olib borilgan tahlillarga ko‘ra, so‘nggi uch yil mobaynida transport vositasini olib qochish jinoyatlari 65 foizga oshgan,— deydi palata Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi a’zosi Sherzod To‘xtashev. — Shu bois transport vositasini olib qochish jinoyati uchun jazoning sodir etilgan qilmishga mutanosibligini ta’minlash, jinoyat qonunchiligining ogohlantiruvchi-profilaktik funksiyasi samaradorligini oshirish maqsadida Jinoyat kodeksiga tegishli o‘zgartishlar kiritilmoqda.
Qonun loyihasiga ko‘ra, og‘irlashtiruvchi holatlarsiz avtotransport vositasini olib qochganlik uchun 5 yildan 10 yilgacha (amalda 3—5 yilgacha), bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilgan bo‘lsa 10 yildan 15 yilgacha (amalda 5—10 yilgacha), uyushgan guruh tomonidan sodir etilgan bo‘lsa 15 yildan 20 yilgacha (amalda 10—15 yil) ozodlikdan mahrum qilish jazosini belgilash ko‘zda tutilmoqda.
Izoh (0)