FIFA ijroiya qo‘mitasining sobiq a’zosi, Kosta-Rika futbol federatsiyasining sobiq prezidenti Eduardo Li FIFAdagi korrupsiya ishi bo‘yicha aybini tan olishga tayyorlanmoqda. Bu haqda, Reuters’ga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Li FIFA shafeligidagi yirik turnirlarda tijoriy huquqlarni sotishda katta miqdorda pora olganlikda ayblanmoqda. 2015-yil sentabrida Shveysariya rasmiylari Lining AQShga ekstraditsiya qilinishini ma’qulladi, 18-dekabr kuni esa u AQSh adliyasiga topshirildi.
Ish bo‘yicha yangi eshituvlar 16-martda bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)