Suriyaning Idlib viloyatida ro‘y bergan portlashda 29 kishi halok bo‘ldi, bir necha o‘n kishi yaralandi. Bu haqda, Suriyada inson huquqlari monitoringi markazi axborotiga asoslanib, “Korrespondent.net” ma’lum qildi.
Halok bo‘lganlar va yaralanganlarning ko‘pchiligi muxolif otryadlar vakillaridir.
Isyonchilar nazorati ostidagi Atmex nazorat punktida qorovul almashish paytida portlash ro‘y berdi.
Izoh (0)