Italiya politsiyasi jinoyatlar majmui uchun 20 yillik qamoq jazosiga sirtdan hukm qilingan, “ndrangeta” mafiyasi yetakchisi xavfli jinoyatchi Antonio Pelleni qo‘lga oldi. Bu haqda ANSA agentligi ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Italiya janubidagi San-Luka shahridan bo‘lgan 54 yoshli Pelle o‘z uyida hibsga olingan. U uyidagi maxfiy xonada yashirinib yashagan.
U 2011-yilda shifoxonadan qochib ketgandan buyon qidiruvda bo‘lgan. Pelle 100 nafar eng xavfli jinoyatchi ro‘yxatiga kiradi.
U 2007-yilning avgustida olti nafar italiyalikning o‘ldirilishi bilan bog‘liq Germaniyaning Duysburg shahridagi xunrezlikka aloqador ekanligi ma’lum qilindi.
Izoh (0)