O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Igor Sergeyev gol ura olmayotganining sababini bilmasligini tan oldi. Uchrashuvdan keyin “Championat.asia” nashri vakili hujumchidan qisqa intervyu oldi.
“Jamoamiz Babayan ko‘rsatmalarini to‘g‘ri bajara olmadi. O‘zim haqimda aytadigan bo‘lsam, o‘yinimdan umuman qoniqmadim”, — deb gap boshladi Sergeyev.
“Bugungi o‘yinda gol urishim uchun vaziyat ham bo‘lgani yo‘q. Nega gol ura olmayotganimni bilmayman. Bilganimda gollar urishni boshlab yuborgan bo‘lardim”, — degan Sergeyev, Samvel Babayan o‘yindan keyin yechinish xonasida nima degani haqida aytishni istamadi.
Hujumchining fikriga ko‘ra, Erondan uchralgan mag‘lubiyat jamoa futbolchilariga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi. Chunki futbolchilar tajribaga ancha boy. Ular bunday holatga birinchi bor tushayotgani yo‘q.
Izoh (0)