Portugaliyaning sobiq bosh vaziri Antoniu Guterrish BMT bosh kotibligiga uning nomzodi tanlangani uchun minnatdorlik bildirdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Hozir nima his etayotganimni tushuntirish uchun ikkita so‘z yetarli — minnatdorlik va tavoze”, — dedi u.
“Birinchi navbatda, BMT Xavfsizlik Kengashiga bildirilgan ishonch uchun, shuningdek, Bosh Assambleya hamda barcha a’zo davlatlarga minnatdorlik bildiraman”, — qo‘shimcha qildi bo‘lajak bosh kotib.
Guterrish Xavfsizlik Kengashi bo‘lajak bosh kotib nomzodini tanlashda tez harakat qilgani va birdamlik ko‘rsatganini eslatib o‘tdi.
“Itoatkorlik va sadoqat terror, ixtiloflardan aziyat chekkanlarga, huquqlari buzilayotganlarga, qashshoqlik va adolatsizlik qurbonlariga xizmat qilish uchun zarur”, — dedi Guterrish.
Ilgariroq BMT Xavfsizlik Kengashi Guterrishning nomzodini qo‘llab-quvvatlagani ma’lum qilingan edi.
Izoh (0)