Doimiy ravishda Pekinda bo‘lgan Shimoliy koreyalik yuqori mansab egasi oila a’zolari bilan qochgan. Bu haqda 5-oktabr, chorshanba kuni Janubiy Koreya OAVlari ma’lum qildi, deb yozadi “Interfaks”.
Qochoq mansabdor KXDR Sog‘liqni saqlash vazirligining vakili bo‘lib, Pxenyandagi klinikaga dori vositalarining yetkazilishi uchun javobgar bo‘lgan. Mazkur klinika esa Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In va uning yaqinlari uchun xizmat ko‘rsatadi.
OAVlar mansabdor Janubiy Koreyadan boshpana olishga urinishini taxmin qilmoqda.
Yaponiya OAVlari Shimoliy Koreyaning ikki vakili Yaponiyaning Pekindagi elchixonasiga boshpana so‘rab murojaat qilganligi haqida ma’lum qilgan edi. Biroq diplomatik missiya vakili bu xabarlarni rad etdi.
Izoh (0)