5-oktabr kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) prezidenti Kim In Sik bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Kim In Sik Samarqand shahrida Professional ta’lim markazining ochilish marosimida ishtirok etish uchun KOICA delegatsiyasiga bosh bo‘lib O‘zbekistonga tashrif buyurgan.
Muloqot davomida O‘zbekiston va KOICA o‘rtasidagi hamkorlikning hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik sherikchilikning umumiy ustuvor yo‘nalishlari nuqtai nazaridan muhokama qilindi.
KOICA delegatsiyasining tashrifi doirasida O‘zbekiston hukumatida, qator vazirlik va idoralarda uchrashuv va muzokaralar o‘tkazish hamda Samarqand shahrida bo‘lish rejalashtirilgan.
Uchrashuvda Koreya Respublikasi Elchisi Kvon Yon U ishtirok etdi.
Izoh (0)