Madridning “Real” klubi a’zosi Garet Beyl jamoadagi o‘rnidan norozi bo‘lib, o‘z agentidan “Yunayted” bilan muzokara boshlashni so‘ragandi.
Agent Jonatan Barrett shu kunning o‘zidayoq “Manchester Yunayted” rahbariyati bilan mijozining Angliyaga qaytishi masalasini gaplashganiga oydinlik kiritildi. Bu haqda “Chempionat” Football Espana nashriga asoslanib xabar berdi.
Uchrashuvda “Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Joze Mourinyo hamda klub raisining o‘rinbosari Ed Vudvordning ishtirok etgani aytilgan. Unda qanday masalalar ko‘rib chiqilganiga oydinlik kiritilmagan.
Izoh (0)