Suriyaning Al-Xasaka viloyatida xudkush terrorchi tomonidan amalga oshirilgan portlash oqibatida kamida 20 kishi qurbon bo‘ldi. Bu haqda 3-oktabr, dushanba kuni Kurdistan24 portali ma’lum qildi, deb yozadi “Interfaks”.
Portlash kurdlar to‘yida sodir bo‘ldi. Oqibatda yana 47 kishi jabrlandi. Ularning barchasi mahalliy shifoxonaga yetkazilgan.
Portlash uchun javobgarlikni IShID guruhi zimmasiga oldi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)