Shotlandiyaning “Seltik” U-20 jamoasining “Xarts” yoshlariga qarshi o‘yinida 13 yoshli hujumchi Karamoko Dembele maydonga tushdi. Bu haqda Mirror xabar bermoqda.
Futbolchi o‘yinning 81-daqiqasida zaxiradan maydonga tushirildi. “Seltik” U-20 jamoasining aksariyat futbolchilari yoshlar terma jamoasiga chaqirilgani sabab 13 yoshli futbolchi o‘zidan ancha katta bo‘lgan o‘yinchilar bilan to‘p surishga muyassar bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, o‘yinda “Seltik” U-20 futbolchilari 3:1 hisobida “Xarts” U-20 jamoasidan ustun keldi.
Quyida kuchli texnika sohibi 13 yoshli Dembele ijrosidagi o‘yinlardan yig‘ilgan videojamlanmani tomosha qiling.
Izoh (0)