Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Vyetnamning Danang shahrida 24-sentabr – 3-oktabr kunlari V Osiyo sohil o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Unda 41 mamlakatdan 2 200 nafarga yaqin sportchi ishtirok etdi, deb xabar bermoqda “Gazeta.uz”.

Foto: “Gazeta.uz”

Foto: “Gazeta.uz”

O‘zbekiston terma jamoasi sharafini 4 sport turi (kurash, sambo, futbol, muaytay) bo‘yicha 26 ishtirokchi himoya qildi.

Musobaqa yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 3 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza bilan medallar reytingida 15-o‘rinni egalladi.

Kurash yo‘nalishida Mirjon To‘xtayev (-66 kg) va Suhrob Xudoyberdiyev (-73 kg) oltin, Muhammadali Shamsiddinov (-81 kg) esa kumush medalga sazovor bo‘ldi.

O‘zbekistonlik sambochilar jami to‘rtta medalni qo‘lga kiritdi. Ilhomjon Yo‘ldoshev (-90 kg) shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarilgan bo‘lsa, Malikabonu Mirzayeva (-56 kg), Saneayim Yerkinbayeva (+72 kg) va Istam Qudratov bronza medaliga ega bo‘ldi.

Qayd etish joiz, 2014-yili Tailandda o‘tkazilgan Osiyo sohil o‘yinlarida O‘zbekiston termasi 10 ta medal (4 ta oltin va 6 ta bronza) bilan 12-o‘rinni egallagandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Turkmaniston O‘zbekistonga tekinga gaz yetkazib beradi 
Mahalliy
Toshkentda ko‘prik ustidagi “Gazel” yonib ketdi (video)
Biznes
Rossiyadan Osiyoga ko‘mir eksporti narxi oshgani ma’lum qilindi