Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev Moskvadagi davolanish kursini tamomlab, Bishkekka qaytdi. Bu haqda, prezident devonidagi manbalariga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
“Davlat rahbarining samolyoti bugun Bishkekning Manas aeroportiga qo‘ndi”, — dedi agentlik suhbatdoshi.
23-sentabrdan buyon Atambayev Moskva markaziy klinik shifoxonasida davolanayotgan edi. U Nyu-Yorkka uchayotgan paytda yurak xastaligi alomatlari sababidan davolanishga olingan edi.
Izoh (0)