Rossiyaning Pskov viloyatida 30-sentabrga o‘tar kechasi yuz bergan yong‘indan so‘ng Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari yog‘och turar-joydan uch bolaning jasadini topdi. Bu haqda qutqaruv boshqarmasi ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Novosokolniki tumani Chirki aholi punktida yong‘in o‘chirilgandan keyin 2014, 2015 va 2016-yillarda tug‘ilgan uch bolaning jasadi topilgan. Ularning ota-onasi va to‘rt yoshli to‘ng‘ich farzandi omon qolgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, favqulodda holat elektr qurilmasidan foydalanishda yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etilmagani tufayli yuzaga kelgan.
Izoh (0)