Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQSh prezidenti Barak Obama milliy xavfsizlik masalalari bilan shug‘ullanuvchi xizmatdan Suriyadagi keyingi harakatlar bo‘yicha yangi variantlarni tayyorlashni so‘radi, deb yozadi “RBK”. Bir vaqtning o‘zida Vashington Rossiya bilan hamkorlikdan voz kechmoqchi, bu haqda u yaqin orada e’lon qilishi mumkin.

Foto: AFP

Foto: AFP

Senatning xalqaro masalalar bo‘yicha qo‘mitasi a’zolari bilan suhbat chog‘ida davlat kotibi o‘rinbosari Entoni Blinkenga “Suriyadagi fuqarolar urushini to‘xtatish bo‘yicha diplomatik harakatlar muvaffaqiyatsizlikka uchrashi yaqqol ko‘rinib turgani” munosabati bilan, AQShda “B rejasi” bor-yo‘qligi haqida savol berildi.

“Prezident Barak Obama butun muassasadan yangi variantlarni ilgari surishni so‘radi, ularni biz hozirda faol o‘rganib chiqmoqdamiz. Ularning ba’zilari allaqachon ma’lum, ba’zilari esa yangi”, — dedi Blinken.

U manfaatdor muassasalardan aynan qanday taklif kelib tushayotganiga to‘xtalib o‘tirmadi.

Reuters yozishicha, ko‘p qismi kuch ishlatish bilan bog‘liq bo‘lgan variantlar muhokamasiga qaytilishi mumkin. Ular orasida Bashar Asadning dushmanlarini yanada zamonaviyroq qurol-yarog‘ bilan ta’minlash, Suriya harbiy-havo kuchlari bazalariga aviazarbalar berish va boshqalar ham bor.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda dollar kursi yana tushdi 
Dunyo
Ozarbayjon o‘z fuqarolarini Eronga bormaslikka chaqirdi
Iqtisodiyot
O‘zbek so‘mi 2022-yilda dollarga nisbatan 3,9 foizga qadrsizlandi. Milliy valyutaning almashuv kursi qanday o‘zgardi?