Madrdining “Real” jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu “Borussiya Dortmund”ga qarshi (2:2) YChL guruh bosqichi 2-tur o‘yinining tanaffus vaqtida operator oldiga kelib, goli bekor qilingan vaziyatida o‘zi o‘yindan tashqari holatda bo‘lgan-bo‘lmaganini tekshirmoqchi bo‘ldi. Bu haqda 101 Great Goals xabar bermoqda.
Cristiano going over to the cameraman at half-time to confirm whether he was offside or not 😄 pic.twitter.com/yo76IHZwBo
— M•A•J (@UItraSuristic) September 28, 2016
Portugaliyalik 31 yoshli futbolchi birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan vaqtda gol kiritgan edi, ammo uchrashuvni boshqarib borgan britaniyalik hakam Mark Klattenburg uni bekor qildi.
Ronaldu hakamning qaroriga qo‘shilmadi va tanaffus vaqtida takroriy vaziyatni ko‘rish uchun maydondagi operatorlardan birining oldiga bordi.
Ma’lumot uchun, “Real” hujumchisi unga to‘p uzatilayotgan vaqtda haqiqatdan ham o‘yindan tashqari holatda bo‘lgan edi.
Izoh (0)